998 (90) 346-63-46 konf2017@umail.uz
  • O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO`JALIGI VAZIRLIGI
    TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
  • 30 noyabr 2017 yil, Toshkent
    MEVA-SABZAVOTCHILIK MAJMUIDA IQTISODIY MUNOSABATLAR TIZIMINI VA MENEJMENTNING AXBOROT-TAHLIL TA`MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH
    Respublika ilmiy-amaliy anjuman
  • Anjumanga materiallar 2017 YILNING 20 NOYABRGACHA qabul qilinadi.
    Konferensiya materiallari www.maqolalar.uz saytiga joylashtiriladi

MEVA-SABZAVOTCHILIK MAJMUIDA IQTISODIY MUNOSABATLAR TIZIMINI VA MENEJMENTNING AXBOROT-TAHLIL TA`MINOTINI TAKOMILLASHTIRISH

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-F-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasida 2017 yilda o`tkaziladigan Xalqaro va respublika miqyosida o`tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi ga muvofiq Toshkent davlat agrar universitetida 2017 yilning 30 noyabr kuni Meva-sabzavotchilik majmuida iqtisodiy munosabatlar tizimini va menejmentning axborot-tahlil ta`minotini takomillashtirish mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilmoqda. Anjumanning maqsadi: Meva-sabzavotchilik majmuida iqtisodiy munosabatlarni va menejmentning axborot-tahlil ta`minotini takomillashtirish bo`yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Anjumanga O`zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Fermerlar Kengashi, O`zbekoziq-ovqatxolding xolding kompaniyasi, O`zbekoziq-ovqatzaxira uyushmasi, O`zagroeksport ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi, fermer xo`jaliklari va boshqa soha mutaxassislari, professor-o`qituvchilar, katta ilmiy xodim izlanuvchilar instituti tadqiqotchilari, iqtidorli talaba va magistantlar taklif qilinadi. Ilmiy ma`ruza materiallari Meva-sabzavotchilik majmui iqtisodiyoti, tashkil etish, byudjetlashtirish va menejmentning axborot-tahlil ta`minoti masalalariga mos kelishi lozim.

ANJUMAN YO`NALISHLARI

1-Sho`ba. Meva-sabzavotchilik majmuida iqtisodiy munosabatlar tizimi va zamonaviy menejmentning nazariy hamda tashkiliy-uslubiy asoslari.

2-Sho`ba. Meva-sabzavotchilik majmui korxonalarida moliyaviy hisob, hisobot va tahlilining, nazariy va tashkiliy-uslubiy jihatlari.

3-Sho`ba. Meva-sabzavotchilik majmui korxonalari faoliyatini byudjetlashtirish, boshqaruv hisobi, hisoboti va tahlil tizimini shakllantirish.

4-Sho`ba. Meva-sabzavotchilik majmui korxonalari faoliyatini moliyalashtirish, kreditlash, sug`urtalash va soliqqa tortishning dolzarb masalalari.

5-Sho`ba. Meva-sabzavot mahsulotlari marketingida zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirish masalalari.

Anjuman materiallariga rasmiylashtirishga doir talablar:

1.Materiallar A4 o`lchamdagi qog`ozda, qator oralari 1,5 interval, 14 shriftda, chap, o`ng, yuqori va pastki chegaralari mos ravishda 30, 15, 20 va 20 mm bo`lishi lozim. Ma`ruzaning elektron varianti WindowsXP (Microsoft Word, RTF shaklida) dasturida Times New Roman redaktorida yozilgan holda jo`natilishi shart. 2.Ma`ruza materiallarining yuqori qismi chap tomonda UO`T (universal o`nli tizim ya`ni UDK) qo`yiladi va keyingi qatorda mavzu bosh harflarda yoziladi, bir intervaldan keyin o`ng tomondan muallif(lar)ning familiyasi-ismi-sharifi (ismi-sharifi qisqartirilgan holda), ish joyi kichik harflarda to`liq ko`rsatiladi va yana bir intervaldan so`ng Tab yordamida abzats qo`yilib, sarlavha - annotatsiya (rezyume) yoziladi. Bir intervaldan keyin maqolaning qisqacha mazmuni 100-120 ta so`z hajmda kursiv harflarda keltiriladi (annotatsiya dastlab maqola tayyorlangan tilda beriladi. Maqola matni tugagandan so`ng qolgan 2 tilda mavzu nomi va annotatsiyasi yoziladi). Annotatsiyadan keyin bir interval qoldirilib kalit so`zlar beriladi (6-10 ta so`z). Kalit so`zlardan keyin asosiy matn beriladi. Asosiy matn quyidagi qismlardan iborat bo`ladi: kirish (vvedenie), uslublar va materiallar (metodlar va materiallar), natijalar va ularning tahlili, xulosa, taklif va tavsiyalar (vvod, rekomendatsii), foydalanilgan adabiyotlar (ispolzovannaya literatura). Har bir qism nomi matndan bir interval ajratiladi va qalin (polujirny) shriftda yoziladi. Kirish qismida mavzu (muammo)ning dolzarbligi, hozirgi holati, ishning maqsadi ifodalanadi. Uslublar va materiallar qismida tadqiqotlar o`tkazilish usullari, qo`llanilgan materiallar haqida ma`lumot beriladi. Tadqiqot natijalari qismida bajarilgan ishlar tahlili va natijalari haqida ma`lumotlar taxlil qilinadi. Xulosa, taklif va tavsiyalar qismida muallif(lar) tomonidan qilingan aniq xulosasi va tavsiyalar bayon qilinadi. Foydalanilgan adabiyotlar qismida materialarda foydalanilgan hamda eng ko`pi bilan 5 tagacha asosiy manbalar keltirilishi zarur.

Boshqa talablar:

1. Materiallar qog`oz yoki elektron shaklda topshirilishi shart.
2. Elektron variantdagi faylning nomi bosh muallifning familiyasi va sho`ba raqamidan iborat bo`lishi kerak. Masalan: 2 sho`ba-U.Akromov.rtf. deb nomlanishi hamda fayl RTF formatida saqlanishi lozim. Bosma shakldagi maqola betlari qalam bilan ko`rsatiladi, elektron variantda esa betlar raqami qo`yilmaydi.
3. Tashkiliy qo`mitaga shaxsan kelib topshirish imkoniyati bo`lmasa, materiallarni konf2017@umail.uz elektron manzili orqali yuborilishi mumkin.
4. Har bir maqola uchun tashkiliy badal 40 000 so`mni tashkil etadi.
5. Tashkiliy badal to`lovini Payme yoki Click to`lov vositalari orqali xam amalga oshirish mumkin. (to`lov qabul qilinadigan raqam: 8600 0203 9364 5655, faqat to`lov amalga oshirgandan so`ng tashkiliy qo`mitaga to`lov raqami va sanasi, ishtirokchi haqida ma`lumotlar maqola bilan birga konf2017@umail.uz ga yuborish lozim. Masalan: Nomer plateja: 353912377 Data 06.04.2017)
6. Maqola egasiga yuqoridagi to`lov doirasida bitta to`plam(topshirilgan maqolalar sonidan qatiy nazar bitta to`plam, pochta xarajatlarisiz va xar bir maqola uchun sertifikat) xamda maqola bilan qatnashganligi xaqida sertifikat beriladi.
7. Anjumanga materiallar 2017 yilning 20 noyabrgacha qabul qilinadi.

ESLATMA:

Taqdim etilgan maqolalar va shaxsan taqdimotlar bilan faol ishtirok etgan mualliflar orasidan turli nominatsiyalar bo`yicha eng namunalilari tanlab olinadi. G`olib bo`lgan maqola mualliflari faxriy yorliq va estalik uchun sovg`alar bilan rag`batlantiriladi. To`plamda ilmiy maqola talabi bo`ycha rasmiylashtirilgan materiallar mavqyei doirasida professor-o`qituvchilar tomonidan kunning ikkinchi yarmida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarida, amaldagi VAQT Me`YoRLARIGA ko`ra respublika miqyosidagi maqolalarga tenglashtirilishini anglatadi. Anjumanda o`z taqdimoti bilan qatnashuvchi ishtirokchilar quyidagi shakl bo`yicha o`zlari to`g`risida ma`lumot berishi zarur. TAShKILIY QO`MITA

AXBOROT XATI (ko`chirish)

Bizning hamkorlar:

Designed by SiriuS. Barcha huquqlar ximoyalangan.